|
Kamyoblik
darajasi 1.
Shimoliy Pomir-Oloydagi kamyob, endem o`simlik.
Qisqacha
tavsifi. Bo`yi
25-40 sm ga yetadigan ko`p yillik o`t. Ildizi yo`g`on, yog`ochlangan, ko`p
boshchali. Poyasi 2-5 ta, kam bargli, yuqori qismi shoxlangan, qisqa va uzun oq
dag`al tuklar bilan qoplangan. Boshchasi (to`pguli) mevalaganda yumaloq
shaklda, diametri 1-1,5 sm. O`rama barglari 3 mm uzunlikda. Gultoji sarg`ish-oq
rangli. May-iyun oyida gullab, iyun-iyulda mevasi yetiladi.
Tarqalishi. Zarafshon tizmasida,
Samarqand tog`larida, Urgut va To`pxona qishloqlari atroflarida tarqalgan
(Samarqand viloyati).
O`sish
sharoiti.
Tog`larning o`rta qismida tosh-shag`alli yonbag`irlarda o`sadi.
Soni. Yakka-yakka holda uchraydi.
Kqpayishi. Urug`idan ko`payadi.
O`simlik soni
va arealining o`zgarish sabablari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi.
By haqda
ma'lumotlar yo`q.
Muhofaza
choralari. Qizil
kitobga kiritilgan. Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan. Tabiatda
tarqalishini, sonini hamda kamyobligini aniqlash kerak.
|